Shahrixon tumanida reklama banneri o‘rnatayotgan yollanma ishchini elektr toki urdi. Andijon viloyati FVBga ko‘ra, qutqaruvchilar fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatdi. Hozirda uning ahvoli yaxshiligi aytilmoqda.
Uchko‘prik tumanida poyezd vagonlari ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan uch o‘quvchidan ikki nafarini 27 ming voltli tok urdi. Ulardan birining tanasi 65 foiz kuygani, yana birining o‘ng oyoq suyagi singani aytilmoqda.
Qarshi tumanida 18 yoshli yigitni suzish havzasi hududida tok urdi. Oqibatda u shifoxonaga yetmasdan vafot etdi. Ochilganiga 2 oy bo‘lgan basseyn faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Nurobod tumanida 5 yoshli bola elektr toki urishi oqibatida halok bo‘ldi. “Samarqand viloyat hududiy elektr tarmoqlari” faoliyati yuzasidan tekshiruv tayinlandi.
Qibray tumanining Universitet va Salar ko‘chalari chorrahasidagi ustunga radar o‘rnatayotgan muhandisni tok urdi. 26 yoshli yigitning vafoti yuzasidan maxsus komissiya tuzildi.
O‘tgan yili Toshkent shahridagi 99-maktabda o‘quvchining elektr toki urishi oqibatida vafot etgani ortidan maktab ma’muriyatiga sud hukmi chiqarildi. Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari 4 yilga qamaldi, direktorga esa 4 yilga ozodlikni cheklash jazosi berildi.
Baxmal tumanida elektr ta’minoti korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi. U hamkasbi bilan nosoz joyni aniqlash maqsadida tekshiruv olib borayotgan bo‘lgan.
Mirzo Ulug‘bek tumanida 8-sinf o‘quvchisi tok urishi oqibatida vafot etgani ortidan maktabning xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari qamoqqa olindi.
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 99-maktabning 8-sinf o‘quvchisi elektr toki urishi oqibatida vafot etgani yuzasidan Jinoyat kodeksining ikki moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jondor tumanida ikki erkak tanishining uyida ustachilik qilayotgan paytda tok urishi oqibatida vafot etdi.
Toshkentdagi “Hamza” temiryo‘l bekatida poyezd ustiga chiqib, selfi tushmoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni 27 ming voltli tok urdi. Hozirda uning ahvoli og‘irligi aytilmoqda.
Chinoz bekatida ijtimoiy tarmoqlar uchun video olish maqsadida poyezd vagoni ustiga chiqqan ikki bolani tok urdi. Oqibatda ulardan biri 20 foiz, ikkinchisi esa 80 foiz tana kuyishi bilan shifoxonaga yotqizildi.
Guliston tumanida elektr transformator ostiga kirib qolgan itni qutqarmoqchi bo‘lgan 2-sinf o‘quvchisini tok urdi. Bola bosh, qorin, qo‘l va oyoq qismidagi jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi.
«Qashqadaryo HETK» AJ G‘uzor TETK tezkor chiqish brigadasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi. «Hududiy elektr tarmoqlari» vafot etgan elektromontyor «naryaddan tashqari o‘zboshimchalik bilan mavjud qoidalarni buzgan holda simlarni yechishga uringani»ni ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting